G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi

G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mudofaa vazirligi huzurida tashkil etilgan.
(1)

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yuksak saviyada tashkil etildiJoriy yilning 28-iyun kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmua...
01/07/2024

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi yuksak saviyada tashkil etildi
Joriy yilning 28-iyun kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etdi. Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Ayniqsa, yosh biznesmenlar maktabini yaratishda ham samarali ishlar amalga oshirildi. Bugungi k***a Toshkent shahar hududida faoliyat yuritayotgan 3 ta Milliy arxiv va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sohani rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilayotgan innovasion g‘oyalar, tashabbuslar hamda loyihalar ko‘rib chiqilib, eng yaxshi g‘oya mualliflari O‘zarxiv agentligi rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tadbirda "Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi rahbariyati tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Ikkinchi jahon ururshi davriga oid noyob tarixiy ma’lumotlar, ajdodlarimizninig bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘llari, ularning jasorati va insoniyligi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushi mavzusi yuzasidan ilmiy ish qilish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ham amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida kelgusida soha rivojini yangi bosqichga olib chiqish hamda rivojlantirish yuzasidan taklif va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh kadrlar salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha muhokamalar qilinib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblar berildi.

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanid...
27/06/2024

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolajonlar uchun ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etildi
Ushbu vatanparvarlik tadbirida muzeyning “Ko‘chma ko‘rgazmalar” bo‘limi mutaxassislari tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli bo‘lgan tarixiy voqealar hamda Ikkinchi jahon urushi davrida ajdodlarimizning ko‘rsatgan jasorati bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar berildi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu Ko‘chma ko‘rgazmada jang maydonlaridan topilgan, askarlarga tegishli bo‘lgan idishlar, ularning kiyimlari hamda orden-medallari namoyish etildi. Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida savol-javoblar tashkil etilib, faol ishtirok etgan balalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Janubiy Koreyalik mehmonlar taassuroti“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugungi k***a nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, x...
14/06/2024

Janubiy Koreyalik mehmonlar taassuroti
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi bugungi k***a nafaqat yurtdoshlarimiz, balki, xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning ham sevimli maskaniga aylanib bormoqda
Jumladan, kuni kecha Janubiy Koreyaning Aviasozlik sanoati bosh direktori Kong Gu Yong hamrohligida kelgan delegatsiya a’zolari ham ushbu maskanning nechog‘lik ahamiyatli qadamjolardan ekanini ta’kidlab, Vatan tinchligini asrash yo‘lida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan qahramonliklari bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

– Biz O‘zbekiston yoshlarining o‘z vatani va xalqini himoya qilish yo‘lidagi fidoiyliklarini olqishlaymiz,– deydi Janubiy Koreyaning Aviasozlik sanoati bosh direktori Kong Gu Yong.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda tarixni chuqurroq anglagan holda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida komil va yurtga sodiq vorislar qilib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘tmishda jonajon vatanimiz tinchligini dushmandan himoya qilish yo‘lida jasorat ko‘rsatgan mard va jasur ota-bobolarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning naqadar fidoiy va xalqparvar ekanliklarini yosh avlod ongiga singdirib, o‘rnak va namuna sifatida ko‘rsatishda eng muhim omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.

Ona vatanimizga munosib avlod bo‘lamizMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakult...
14/06/2024

Ona vatanimizga munosib avlod bo‘lamiz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi” professor-o‘qituvchilari tomonidan “Muzeylar – o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik” mavzusida fakultetning rus tili ta’lim yo‘nalishi iqtidorli va ilm olishga intiluvchan, tariximizni o‘rganishga qiziquvchan 1-kurs talabalarini shonli tariximiz va xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini yoshlarga yaqindan tanishtirish maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat uyushtildi.
“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu sayohat talabalarning tarix bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirib, ular qalbida ona vatan nechog‘lik muqaddas va aziz ekanini yana bir his qildirdi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqdaMa’lumki, yurtimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, do...
11/06/2024

Xalqaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda
Ma’lumki, yurtimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan ko‘plab loyihalar va amaliy ishlar olib borilmoqda
Jumladan, Mudofaa sohasida ham xorijiy davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshqarmasi boshlig‘i hamda o‘rinbosarlaridan iborat delegatsiya joriy yilninig 7- iyun kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq ma’lumotlar, ayniqsa, front va front ortida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan jasorati, insoniyligi hamda sahovatidan so‘zlayotgan noyob eksponat va ekspozisiyalar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Ushbu maskandan olgan taassurotlarini esdalik sifatida yozib qoldirishdi.

Yoshlar oyligi davom etmoqdaMudofaa vazirligi qo‘shinlarida Yoshlar oyligi ko‘tarinki  kayfiyatda, harbiy vatanparvarlik...
10/06/2024

Yoshlar oyligi davom etmoqda
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida Yoshlar oyligi ko‘tarinki kayfiyatda, harbiy vatanparvarlik ruhida davom etmoqda
Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi “TONG” yozgi bolalar oromgohida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilarining farzandlari uchun madaniy hordiq tadbirlari rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining front va front ortida qo‘shgan ulkan hissasi, jangohlarda hamyurtlarimiz ko‘rsatgan qahramonliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ko‘rgazmada ko‘chma ko‘rgazmalar bo‘limi xodimlari D.D.Nasirov, S.D.Nasirovalar tomonidan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli bo‘lgan eksponatlar, urush qatnashchilarining orden va medallari, harbiy kiyimlari, fotosuratlari namoyish etildi. Bolajonlarda katta taassurot qoldirgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida kitob-albomining 1-,2- va 3 –tomlarida chop etilgan ma’lumotlar, uning asosiy g‘oyasi haqida tushuntirildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida turli xil viktorinalar tashkil etilib, to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

“Yoshlar oyligi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa va...
10/06/2024

“Yoshlar oyligi” ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilingan edi
Mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar va o‘tkazildagidan tadbirlar yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hizmat qiladi. Yoshlar oyligi bilan bog‘liq tadbirlar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli harbiy sinf o‘quvchilari ushbu maskanga sayohat qilishdi. Tadbir chog‘ida “Biz baxtiyor yoshlarmiz” shiori ostida qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, tarix va bugungi kun bilan bog‘liq savol-javoblar o‘tkazilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi        Jumladan, “Gʻalaba bog‘...
10/06/2024

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yurtimizda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi
Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri bolajonlarga esda qolarli qiziqarli lahzalar hamda quvonch ulashdi. Tadbir avvalida bolajonlar Majmua hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga sayohat qilib, vatan tinchligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizga tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shundan so‘ng, bolajonlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida qiziqarli savol-javob viktorina o‘yinlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Bellashuvlarda faol ishtirok etgan bolajonlarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir davomida harbiy orkestr jamoasi hamda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan vatanni mahd etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bolalarga unutilmas onlarni hadya etgan bayram tadbirida jajji mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildi.
Tadbir so‘ngida esa, bir-biridan mazali muzqaymoqlar tortiq qilindi.

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi “Gʻalaba bog...
28/05/2024

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida majmua hududidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.

❗️E’LON“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi joriy yilning 28-may kunidan tashrif buyuruvchi...
28/05/2024

❗️E’LON
“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi joriy yilning 28-may kunidan tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ma’muriyati
---
❗️EʼLON
—-
➡️ Объявление
Сообщаем, что мемориальный комплекс” Парк Победы “и Государственный музей” Шараф " продолжат свою работу для посетителей с 28 мая текущего года.

Администрация мемориального комплекса” Парк Победы " при Министерстве обороны
—-
❗️ ADVERTISEMENT
We inform you that the "Victory Garden" memorial complex and the "Shon-sharaf" state museum will continue to operate for visitors from May 28 of this year.

Administration of the "Victory Park" memorial complex under the Ministry of Defense

Suronli yillar. 20-qism. Bagration operatsiyasi.
21/05/2024

Suronli yillar. 20-qism. Bagration operatsiyasi.

❗️EʼLONPoytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf”...
20/05/2024

❗️EʼLON

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida shu yilning 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi maʼmuriyati

"Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi va "Shon-sharaf" davlat muzeyiga kirish narxlariЦены на вход в мемориальный комплекс"...
30/04/2024

"Gʻalaba bog‘i" yodgorlik majmuasi va "Shon-sharaf" davlat muzeyiga kirish narxlari
Цены на вход в мемориальный комплекс" Парк Победы "и государственный музей славы
Prices for admission to the memorial complex" Victory Park "and the State Museum" glory"

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va ...
19/04/2024

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Samarqand viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan viloyatdagi tuman va shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli va ilm olishga intiluvchan , tariximizni o‘rganishga qiziquvchan o‘quvchilari uchun shonli tariximizni va xalqimizning ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar tashkil etildi.

Стартовал конкурс авторских работ «Воспоминания о Второй мировой войне»Министерство обороны объявляет отбор оригинальных...
01/04/2024

Стартовал конкурс авторских работ
«Воспоминания о Второй мировой войне»
Министерство обороны объявляет отбор оригинальных произведений по случаю 9 мая - Дня памяти и признательности «В воспоминаниях о Второй мировой войне».
Конкурс проводится с целью выразить уважение и честь всем нашим соотечественникам, проявившим мужество и отвагу на полях сражений Великой Отечественной войны и на фронте каторжных работ, увековечить их имена, широко выделить вклад узбекского народа. Великой Победе, воспитывать молодое поколение в духе патриотизма, воспитывать в нем не забвение осложнений войны.
Конкурс проводится по следующим направлениям творчества:
Живопись, Графика, Скульптура.
Студенты, преподаватели профильных школ культуры, высших учебных заведений Узбекистана, преподаватели школ искусств, требования и преподаватели Академии художеств Узбекистана, Союза художников Узбекистана, Министерства высшего образования, науки и инноваций, Национальный институт живописи и дизайна имени Камолиддина Бехзода может принять участие в конкурсе.
• Рекомендации (резюме) для участия в конкурсе;
• Копия паспорта (удостоверения личности);
• Копия документа об образовании (диплома) (при наличии);
• Креативное описание и справка с места учебы или работы;
• 1 цветная фотография размером 3x4 и 1 цветная фотография 9x12;
• Образец творчества (работы), созданный участником конкурса, художественно оформлина с рамкой, художественно и логически завершенный.
Победители конкурса будут награждены ценными призами.
Желающих принять участие в конкурсе просим приносить или направлять свои творческие работы с пометкой «на конкурс» и оформленной заявкой по адресу:
100069, г.Ташкент, Алмазарский район, улица Сагбон, 382.
Телефоны для связи: 99 860-18-87,
Оргкомитет

Diqqat, e’lon!!!! “ Ikkinchi jahon urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandiMudofaa vazirligi 9 may — X...
01/04/2024

Diqqat, e’lon!!!! “ Ikkinchi jahon urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandi
Mudofaa vazirligi 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar
ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, o‘zbek xalqining buyuk Gʻalabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Rangtasvir, Grafika, Haykaltaroshlik.
Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayeyn instituti talablari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov 2023 yildan boshlab har yili 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasi tarkibidagi
«Shon-sharaf» davlat muzeyida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlangandan keyin
1 may sanasiga qadar «Gʻalaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
• Tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezume);
• Pasport (ID-karta) nusxasi;
• Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
• O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
• 9x12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
• Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan (ramka bilan bezatilgan) ijod namunasi (asar).
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga «tanlovga» degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yo‘llashlari so‘raladi:
100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.
Aloqa uchun telefonlar: 99 860-18-87,
Tashkiliy qo‘mita

MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNIJoriy yilning 5-mart kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi  huzuridagi “Shon-sharaf” davlat...
06/03/2024

MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
Joriy yilning 5-mart kuni “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyining majlislar zalida “Qahramonlar nomi barhayot” nomli yodgorlik majmuasining ishlanma loyihalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz ushbu tanlov poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tutash hududda Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida xalok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari nomlarini abadiylashtirish maqsadida barpo etilayotgan “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmuasini bunyod etishga qaratilgan. Ushbu majmuani barpo etishda o‘zining arxitekrura loyihalari bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun OAVlarda tanlov e’lon qilingan edi. Faxr bilan aytish joizki, ko‘plab ijodkorlar vatanimiz qahramonlari nomlarini abadiylashtirishga hissa qo‘shish maqsadida o‘zlarining ijod namunalarini taqdim etishdi. Bir necha oy davom etgan tanlov shartiga ko‘ra, taqdim etilgan loyihalar g‘oliblarini aniqlashda Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralardan tuzilgan hayat a’zolari tomonidan xolisona baholandi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin “Yurt tinchligi yo‘lida!” asari muallifi Alisher Boqiyevga, 2-o‘rin “Mustaqillik himoyachilari memoriali” asari muallifi Aleksandr Kuranov va hammuallifi Orifjon Jalalovlarga, 1-o‘rin esa “Qahramonlar nomi barhayot!” asari muallifi Shohruh O‘rozov va hammuallifi Akram Raupovlarga nasib qildi. Gʻoliblar faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Jumladan, birinchi o‘rin uchun 100 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 75 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun esa, 50 million so‘m pul mukofotlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Fursatdan foydalanib, “Qahramonlar nomi barhayot” yodgorlik majmuasini barpo etilishida o‘z hissasini qo‘shgan yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘shaMa’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiy...
04/03/2024

Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona vatanga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini yanada kuchaytirish, qolaversa, ajdodlarga munosib voris bo‘lishga qaratilgan chora-tadbirlar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bu kabi tadbirlar poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida doimiy ravishda tashkil etilmoqda. “Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir ham ana shu kabi ezgu maqsadlarga qaratildi. Unda mas’ul ofiserlar, Navoiy viloyatining mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadi a’zolari, kursantlar, faxriylar hamda Navoiy viloyati Matonat va jasorat markazi jamoasi ishtirok etdi. So‘z olganlar yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvar va komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida ma’ruzalar o‘qib, bu kabi ishlarning davomiyligini ta’minlashda har bir yurtdoshimiz mas’ul ekanligini ta’kidlashdi. Tadbirda Navoiy viloyati “Matonat va jasorat” markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Kim yurtidan yovni quvsa mendurman o‘sha” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihaning bosh g‘oyasi yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodimiz Jaloliddin Manguberdining hayot yo‘li, uning jasorati va fidoiyligini ochib beruvchi muhim ma’lumotlarni jamlagan holda yurtimiznining har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablarida vatanparvarlik burchaklarini tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqdik va buni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda,–deydi Navoiy viloyati “Jasorat va matonat” targ‘ibot markazi rahbari Shuhratov Jonibek.

Tadbir so‘ngida ertamiz egalari bu borada o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

12/10/2023

Gʻalabasi buyuk yurtim

Hurmatli yurtdoshlar va poytaxtimiz mehmonlari! Joriy yilning 27 iyun kuni soat 16-00 dan 28 iyun kech soat 18-00 ga qad...
23/06/2023

Hurmatli yurtdoshlar va poytaxtimiz mehmonlari!
Joriy yilning 27 iyun kuni soat 16-00 dan 28 iyun kech soat 18-00 ga qadar poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogi”' yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida sanitariya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan vaqtincha ish faoliyati to‘xtatiladi. Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, 29 iyun kunidan boshlab muzey o‘z faoliyatini doimiy tartibda davom ettiradi.

Уважаемые соотечественники и гости нашей столицы!
с 16.00 27 июня до 18.00 28 июня сего года в связи с проведением санитарных работ в Государственном музее “Шон Шараф” при мемориальном комплексе “Парк Победы”, расположенного в Алмазарском районе столицы, будет временно приостановлена деятельность музея. Сообщаем вам, что с 9.00 29 июня музей возобновит свою деятельность в прежнем режиме.

22/05/2023
08/07/2022

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

22/06/2022
Prices for services and tickets for visitors to the “Victory Park” memorial complex under the Ministry of Defense of the...
27/04/2022

Prices for services and tickets for visitors to the “Victory Park” memorial complex under the Ministry of Defense of the Republic of Uzbekistan and the “Glory” state museum

Цены на услуги и билеты для посетителей Мемориального комплекса «Парка Победы» и государственного музея «Шон-Шараф» при ...
27/04/2022

Цены на услуги и билеты для посетителей Мемориального комплекса «Парка Победы» и государственного музея «Шон-Шараф» при Министерстве обороны Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-shar...
27/04/2022

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilarga belgilangan xizmat ko‘rsatish va chipta narxlari

16/03/2022

Ushbu videoda fashistlar tomonidan qiynoqqa solinib, och qoldirilgan 101 o'zbek o'g'loni haqida hikoya qilinadi.

11/03/2022

Address

Olmazor Tumani, Sag‘bon Ko‘chasi, 382-uy 100069
Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 20:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 21:00
Friday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00
Sunday 09:00 - 20:00

Telephone

+998908085408

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to G'alaba bog'i yodgorlik majmuasi:

Videos

Share


Other Party Entertainment Services in Tashkent

Show All